Minoralarni qurishning texnik jihatdan murakkabligini hisobga olib, ular asosan yirik masjidlarda qurilgan. Oʻrta asr musulmon meʼmorchiligi tadqiqotchilarining taʼkidlashicha, masjidning barcha tarkibiy qismlari ichida mahalliy diniy meʼmorlik maktablarining stilistik xususiyatlarini, qurilish va badiiy anʼanalarni eng toʻliq aks ettirgan minoralar hisoblanadi: “...musulmon dunyosi uchun masjidning yakka-yuyagona boʻlgan meʼmoriy koʻrinishi uning barcha tegishli mahalliy binosozlik va badiiy anʼanalar bilan chambarchas bogʻliq boʻlganligi sababli shakllanmadi va shakllana olmasdi ham. Bu borada minoralar arxitekturasi namunaviyroq namoyon boʻladi” (Bretaniskiy A. S. 1960. B. 40). Minoralar odatda katta masjidlar yonida qad rostlagan va dindorlarni namozga chaqirish uchun xizmat qilgan. Ammo ular ayni paytda karvonlar va sayohatchilar uchun oʻziga xos chiroq, shuningdek, soat va ogohlik minorasi boʻlib xizmat qilgan. Ilk islom minoralari saqlanib qolmagan, ehtimol ular yongʻinda qulagan Buxoroning birinchi minorasidek yogʻochdan yoki yuqorida tilga olingan Poykenddagi minora kabi loydan qurilgan. Minora tuzilmalariga zararli taʼsir koʻrsatadigan tabiiy omillarni (seysmik faol mintaqa) istisno qilmasligimiz kerak. Ular anʼanaviy mahalliy shaklda qurilgan; koʻndalang kesimi dumaloq, yuqoriga ingichkalashgan tana, minoralar (fonarroton) koʻrinishidagi yengil ustki inshoot — mezana bilan tugaydi. Islom olamida minoralar ilk bor Suriyadagi Umaviylar davrida paydo boʻlgan. Koʻp asrlar davomida ularning turli xil koʻrinishla-ri shakllangan: toʻrtburchak (Iroq va Eron), burama (Iroq va Misr), silindrsimon yoki gʻoʻla —dumaloq (Eron va Oʻrta Osiyo). Sakkizqirrali poydevor ustiga gʻishtdan mavj shaklida terilgan 16 plitavor qobirgʻadan iborat minoraning noodatiy turi Surxondaryo viloyatining Jarqoʻrgʻon tumanidan XIIasrga oid minora boʻlib, Shimoliy Hindiston va Xurosondagi oʻxshash namunalarga ega. Biroq, bu tur Oʻzbekiston hududida keyingi asrlarda qoʻllanilmagan. Yuqorida taʼkidlanganidek, birinchi minora Buxoroda 919-yilda qurilgan va hozirgacha saqlanib qolmagan. Eng mashhuri XII asr boshidagi Buxoroning Kalon minorasi boʻlib, uni Oʻzbekiston hududidagi aksariyat minoralarning meʼmoriy andozasi sifatida taʼkidlash mumkin. Vaqt oʻtishi bilan butun islom olamida minoralar azon oʻqish joyi sifatida qoʻllanilmay qoldi va plastik ifodali meʼmoriy bezak vazifasida qoʻllana boshladi. Bunga qisman texnik sabablar — minoralarning balandligi va musulmonlarni namozga chaqiruvchi muazzinni muntazam ravishda ichki aylanma zinapoyaga koʻtarilishining qiyinligi sabab boʻlgan. XX asrning oʻrtalaridan Eronda azon kirish portali balandligidan eʼlon qilingan va minoralar, qoida tariqasida, peshtoqning har ikki tomoniga faqat bezak sifatida tiklangan va muazzin uchun guldastasi boʻlmagan. Markaziy Osiyoning tarixiy shaharlaridagi bir masjidda minoralar soni bir yoki ikkita boʻladi. Qo-idaga koʻra, masjidlarning baland portalining yon tomonlarida bir juft minora qurilgan. Minoralar tanasi kesimi halqasimon tashqi devor va butun balandligidagi ichki quvursimon hajmdan iborat. Tananing ichkidevorini aylanasiga oʻragan gʻishtli zinapoya yuqori maydonchaga olib boradi, shu bilan birga ichki hajm va devor oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni hosil qiladi. Jarqoʻrgʻondagi minora Oʻrta Osiyo meʼmorchiligidagi mavj uslubida terilgan pishiq gʻishtdan qurilgan qobirgʻali yagona minoradir. Yodgorlik atrofida joylashgan kichik qishloq aynan “Minor qishloq” — minorali qishloq deb ataladi. Minora asosi sakkiz qirrali baland kursi boʻlib, uning har bir tomoni chuqur boʻlmagan ravoqli gʻisht namoyonlar bilan bezatilgan. Bezakli namoyonlar ustidagi toʻrtburchaklar ichiga terrakotali arab yozuvlari bitilgan. Qirrali kursining yon tomonlaridan birida minora ichidagi aylanma zinapoyaga olib boradigan tor ravoqli kirish joyi bor. Minoraning poydevorga oʻrnatilgan koʻrkam tanasi tepa tomonga ingichkalashgan oʻn olti yarim doira ustundan iborat boʻlib, inshootning nodir tashqi koʻrinishini hosil qiladi. Buxoroda Qoraxoniylar davlatining poytaxti boʻlgan davrda jomeʼ masjidi bilan birga Kalon minorasi qurilgan boʻlib, u masjid binosi bilan uning gumbazli hovli ayvoni tomidan oʻtiladigan koʻprikcha orqali bogʻlangan. Masjid bizning davrimizga qadar saqlanib qolmagan. Minoraning balandligi 45,6 m.pastki qism diametri 9 m. boʻlgan salobatli tanasi shahar binolaridan baland koʻtarilib turibdi. Ustunning tepasiga qarab, ustma-ust yoʻnalgan belbogʻlarning tekis va boʻrtma gʻisht terish uslublarda bajarilgan qoplamasi XII asr-ning ajoyib bezak sanʼatining namunasidir. Belbogʻlardan biridagi yozuvda Arslonxon nomi va qurilgan sanasi— 1127-yil koʻrsatilgan. Qariyb toʻqqiz asr davomida taʼmirsiz turgan minora muhandislik sanʼatiningham ajoyib namunalaridan biridir. Kalon minorasigashakli va bezaklari jihatidan bir-biriga yaqin, lekin biroz pastroq (38,7 m.) va ingichkaroq, Buxoro vohasidagi kichik Vobkent qishlogʻida 1196–1197-yillarda qurilgan minora.