O'z Ўз En Ru Ar
×

Berlin kutubxonasidan Boburiylarga tegishli muhtasham albom topildi

Berlin davlat kutubxonasi saqlanayotgan Boburiylarga oid mazkur hashamatli albomning bir tomonida gʻazallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan.

Boburiylar hukmdori, Buyuk Akbarning oʻgʻli Jahongir (1569-1627)ning muraqqasi, yaʼni rasmli albomi deya taʼrif berilayotgan mazkur 120 varaqlik noyob topilma Hindistonda 1650 yillarda chiqarilgan va keyinchalik Yevropaga olib ketilgan. Qiziq tomoni shundaki, albomda Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroning gʻazallari turkiy tilda yozilgan.

- Agar Boburiylar oʻzini moʻgʻul deb hisoblaganda albom ham moʻgʻul tilida yozilgan boʻlardi. Bu esa Boburiylarni jahon tarixchilari moʻgʻullar deya atashini qayta taftish qilish kerakligini anglatadi, - deya fikr bildirgan Berlin davlat kutubxonasi Markaziy Osiyo boʻlimi ilmiy xodimi Aysima Mirsultan.

Boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega boʻlsa-da, hech qachon oʻz ota-bobosini, millatini, tilini unutmagan. Saroyda forscha, hindcha yoki boshqa tilda gaplashgan boʻlishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda koʻplab turkiy qoʻl yozmalar koʻchirilgan. Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan boʻlsa, qolgan 100га yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi maʼlum qilindi.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399