Toshkentda davom etayotgan Oʻzbekiston xalqaro madaniy meros haftaligida bu haqda xabar berildi.
Berlin davlat kutubxonasi saqlanayotgan Boburiylarga oid mazkur hashamatli albomning bir tomonida gʻazallar, ikkinchi tomonida esa miniatyuralar tushirilgan. Qiziq tomoni shundaki, albomdagi gʻazallar Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga tegishli boʻlib, turkiy tilda yozilgan.
- Boburiylar sulolasi uch yuz yildan ortiq hukmronlik tarixiga ega boʻlsa-da, hech qachon oʻz ota-bobosini, millatini, tilini unutmagan. Saroyda forscha, hindcha yoki boshqa tilda gaplashgan boʻlishi mumkin, lekin asosiy, eng jiddiy masalalar turkiy tilda hal qilingan va juda koʻplab turkiy qoʻlyozmalar koʻchirilgan. Mazkur albomning 25 tasi Germaniyadagi Berlin davlat kutubxonasida saqlanayotgan boʻlsa, qolgan 100га yaqin qismi Buyuk Britaniya, AQSH, Chexiya hamda Eronda ekanligi maʼlum qilindi.
Chet ellarga tarqalib ketgan Oʻzbekiston madaniy merosi namunalarini qaytarish kabi madaniy islohotlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Hozirda Boburiylarga tegishli albomning tarqalib ketgan barcha qismlarining faksimileni yigʻish va Oʻzbekistonga olib kelish boʻyicha ishlar davom etmoqda, — dedi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Firdavs Abduxoliqov.
Ilmiy yangiliklarga boy oʻtayotgan haftalik 26 oktyabrgacha davom etadi.