O'z Ўз En Ru Ar
×

Temuriylar uslubining kelib chiqishi va xususiyatlari

Markaziy Osiyo Movarounnahr shaharlari xalifalik g‘arbiga nisbatan mo‘g‘ullar bosqinidan ko‘proq azob chekishdi, shuning uchun Movarounnahrda iqtisodiy rivojlanish darajasi, shaharsozlik, hunarmandchilik va madaniy hayot XIII asrning oxiri — XIV asrning boshlarida Eron yoki Arab mamlakatlariga qaraganda ancha past edi. “Mo‘g‘ullar hukumronligi shafqatsiz tajriba bo‘lib chiqdi, ammo omon qolishga muvaffaq bo‘lgan forslar uchun har jihatdan butunlay salbiy bo‘lmagan edi” (Morgan D. 2016. P. 53).

Madaniy jihatdan mo‘g‘ullar musulmon Sharqining zabt etilgan ilg‘or tamaddunlarini hech qanday hunarmandchilik yutuqlariyoki me’moriy g‘oyalar bilan boyita olmadilar. Ular shahar madaniyati va o‘troq sivilizatsiyalardan uzoq edilar. O‘z vatanida, Mo‘g‘uliston dashtlarida, ular Xitoyga bog‘liq edilar va qurol uchun metall, matolar, kulolchilik va chinni, shuningdek zargarlik, kumush va oltindan yasalgan idishlarda ehtiyojni boshdan kechirar edilar. Ular Xitoy ta’sirini, nafis hunarmandchilik buyumlari va bezak naqshlarini o‘zlari bilan birga zabt etilgan islom zaminlariga olib kelishdi va shunday qilib, Xitoy mavzulari Eron amaliy san’atida o‘zlashtirildi. Bular XIV asr boshlaridagi matolarda va sopol idishlarda uchraydigan fenikslarning tasvirlaridir (The Legacy…2002. P. 178. Fig. 208. Sat. No.134; P. 201.Fig. 242. Sat. No.133) XIII asr oxiri–IV asr boshlarida sopol koshinlardagi dahshatli ajdarholar (The Legacy …2002. P. 65. Fig. 59. Sat. No. 101; P. 97.  Fig. 106. Sat. No. 93), Bag‘dod miniatyuralarida Xitoy bulutlari, 1296 y. (The Legacy…2002. P. 173. Fig. 201. Sat. No. 1) va Tebriz, 1330 y. (The Legacy…2002. P. 166. Fig. 194. Sat. No. 45).

Ehtimol, Movarounnahr san’atiga Uzoq Sharq, Xitoy an’analari va bezaklar mavzularning kirib kelishining birinchi to‘lqini bilvosita IV asr oxirida Amir Temur tomonidan Movarounnahr shaharlariga Eron va Arab mamlakatlaridan olib kelingan hunarmandlar, quruvchilar va me’morlar orqali sodir bo‘lgan. Movarounnahrda Xitoy chinni, tosh va yog‘och o‘ymakorligi an’analari keng tarqalganiga kelsak, bu jarayon Amir Temur vafotidan so‘ng, V asrning birinchi yarmida Shohrux hukmronligi davrida — Hirotda va uning o‘g‘li Ulug‘bek hukmronligi davrida — Samarqandda, Xitoy bilan munosabatlar yaqin va do‘stona bo‘lgan paytda ro‘y bergan. Ajdarholarning tasvirlari Xitoyning saroy me’morchiligida mashhur edi. O‘rta Osiyoda ajdarholarning tasvirlarini V asr Anov masjidining peshtoqida uchratish mumkin (Sayid Jamol ad-Din masjidi). Shu bilan birga, qarama-qarshi ajdarholarning kelib chiqishi negadir Xitoy an’analari bilan bog‘liq emas, balki mahalliy xalq afsonalariga tegishli deb hisoblaniladi (Pugachenkova G. A. 1956; Pugachenkova G. A. 1959). Bulutlarga kelsak, ular XIV–XVIII asrlarda Eron va Movarounnahr miniatyuralarida juda mashhur bo‘ldi. Bu ma’noda, Movarounnahr me’morchiligi va hunarmandchiligida Temuriylar uslubining kelib chiqishi va xususiyatlari asosan islom dunyosining g‘arbiy hududlari va birinchi navbatda Xuroson va Eron san’ati bilan bog‘liq. XIII asr oxiri — XIV asr boshlarida Movarounnahrning me’morchiligi va hunarmandchiligi asta-sekin, qayta tiklanayotgan bo‘lsada, hali yorqin badiiy yutuqlarga ega emas edi. Mo‘g‘ul xonlari Movarounnahr hukumat tizimini qo‘lga olish urinishlariga qaramay, aslida viloyat hukmdorlari Chig‘atoy xonlari tomonidan tayinlangan, mahalliy zodagonlar orasidan bo‘lgan musulmon hokimlari edi. Movarounnahrni Chig‘atoylar nomidan uzoq vaqt boshqargan bu hukmdorlardan biri mahalliy hokim Mas’udbek bo‘lib, uning buyrug‘i bilan Buxoroda saqlanmagan Ma’sudiya madrasasi qurilgan. U 1289-yilda shu joyga dafn etilgan (Bartold V. V. 1963. B. 261–262; Pugachenkova G. A., Rempel L. I.1965. B. 246). Biroq Buxoroda 1000 dan ziyod talaba tahsil olgan mahobatli madrasa qurilishi XIII asrning o‘rtalariga doir deb ta’kidlanadi (Puga-chenkova G. A., Rempel L. A. 1965. B. 246). Buxoroda madrasalar qurish uchun katta mablag‘lar Chingizxonning o‘g‘li Tuluning to‘ng‘ich xotini va 1251-yilda Ulug‘ xoqon deb e’lon qilingan Munkening onasi Sorxaxtani-beka tomonidan ajratilgan. Nasroniylardan bo‘lib turib, Sorxaxtani-beka (1192–1252 yy.) musulmonlarga ham homiylik qilgan. XIII–XIV asrlarda Eron va Oltin O‘rda bilan yaqinroq iqtisodiy va madaniy aloqalarga ega bo‘lgan Xorazmda iqtisodiy va madaniy hayotning tiklanishi Movarounnahrga nisbatan barqaror va muvaffaqiyatliroq kechdi. XIV asrda Urganchga tashrif buyurgan o‘rta asr sayyohlari Ibn Batuta va Ibn Arabshohning eslatmalari shundan dalolat beradi.

Oltin O‘rda shaharlari me’morchiligiga XIII–XIV asrlar Xorazm me’morlari, quruvchilari, kandakorlari va bezakli koshinlar ustalarning mahorati katta ta’sir ko‘rsatgan. O‘rta asrlar Xorazm hududida yaratilgan XIII asrga oid nodir yodgorliklardan biri Najmiddin Kubro maqbarasi bo‘lib, u ikki gumbazli dafn inshootining ilk namunalaridan biri bo‘ldi.

 

O‘ZBEKISTON SAN’ATI TARIXI Akbar Hakimov

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399