O'z Ўз En Ru Ar
×

Euronews'da oʻzbek ipakchilik sanʼati haqida maqola chop etildi

Dunyoga mashhur Euronews internet nashrida Oʻzbekistonning ipakchilik sanʼati, uning noyob texnikasi va tarixi bilan tanishtiruvchi "Unraveling the art of silk production in Uzbekistan" nomli maqola chop etildi.

Maqolada asrlar davomida mamlakatning tashrif qogʻozlaridan biri boʻlib kelgan oʻzbek ipakchiligi negizida yotgan jarayonlar haqida batafsil maʼlumot beriladi. Nashr ipak qurti yetishtirishdan tortib, tayyor matolar yaratishgacha boʻlgan anʼanaviy usullar yordamida ipak qanday ishlab chiqarilishi haqida soʻz yuritadi. Bu murakkab sanʼat avloddan-avlodga oʻtib, muhim madaniy va iqtisodiy ahamiyatini saqlab qolgan.

Yevropaning 24 soatlik mazkur nufuzli axborot saytida mazkur maqolaning eʼlon qilinishi Oʻzbekistonning jahon miqyosidagi ijobiy imijini mustahkamlash yoʻlida navbatdagi qadam boʻldi. 

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399