O'z Ўз En Ru Ar
×

Surxondaryodagi Uzundara qalʼasi turistik maskanga aylantiriladi

Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan qadimiy Uzundara manzilgohi yunon va mahalliy meʼmorchilik anʼanalarini oʻzida mujassam etgan noyob yodgorlikdir. Suvsiz togʻ choʻqqisida barpo etilgan ushbu qalʼa Baqtriya va Soʻgʻd chegarasidagi strategik ahamiyatga ega mudofaa obyekti boʻlgan. Ushbu murakkab mudofaa tizimiga Darband va boshqa himoya devorlari ham kirgan boʻlib, chegara xavfsizligini taʼminlagan.Uzundara qalʼasi maʼmuriy va harbiy markaz sifatida faoliyat yuritgan. Qalʼa devorlari oʻziga xos gorelyef va geraldik tasvirlar bilan bezatilgan boʻlib, bu yerda chegara otryadlari oʻz faoliyatlarini olib borgan. Arxeologik qazishmalar natijasida qalʼada Aleksandr Makedonskiyning boshiga sher tasvirli niqob tushirilgan kumush draxma tangasi topilgan. Shuningdek, Antiox I davriga mansub turli tangalar ham qazib olingan boʻlib, bu yerdagi moliyaviy va siyosiy hayot haqida maʼlumot beradi.
Qalʼaning tashqarisida alebastr qorishmasi bilan qoplangan tosh taxtachalar, toʻliq vannalar va choʻmilish kosalari topilgan. Bular qalʼa garnizoni hayoti va madaniyati haqida keng maʼlumot beradi. Arxeologik tadqiqotlar hozirda Oʻzbekiston va Rossiya Fanlar akademiyalari hamkorligida davom ettirilmoqda.
Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazida arxiologik yodgorlikni qayta tiklash boʻyicha loyiha ishlab chiqildi. Loyihada – Uzundaraning qayta rekonstruksiya qilinib, turistik manzilga aylantirilishi rejalashtirilgan.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399