O'z Ўз En Ru Ar
×

Islom sanʼati: tarixiy-madaniy mezon

IX–XIII asr boshlari Oʻrta Osiyoga islom dinining kirib kelishi va tarqalishi bilan bu yerda mavzu va uslub jihatidan yangi sanʼat shakllana boshlagan davrni ifodalaydi. Amudaryo va Sirdaryo oraligʻidagi yerlar arabcha — Movarounnahr —daryoning narigi tomoni nomini oldi. Bu voqeaning ahamiyatini inkor etib boʻlmaydi — aynan bu islom sanʼati, uning birinchi gullab yashnagan davri IX asr–XIII asr boshida boʻlib mintaqamiz madaniyatining keyingi asrlarda rivo-jlanishiga zamin yaratdi. IX–XIII asrlar davrining mazmuni xalifalik miqyosida misli koʻrilmagan savdo aylanmasi, shaharlarning jadal rivojlanishi, siyosiy, ijtimoiy va madaniy hayotdagi hamda iqtisodiyot, hunarmandchilik ishlab chiqarish kabi sohalarida jadal taraqqiyot jarayonlarni, Eron, Xuroson, Movarounnahrda mahalliy mustaqil davlat va sulola-larning paydo boʻlishi bilan belgilanadi. Oʻrta Osiyoda X–XI asrlar-da shaharlarda hunarmandchilik ishlab chiqarishining tez surʼatlarda kengayishi, ularning aholisi va hududining oʻsishi kuzatildi. Shu davrdan boshlab, qariyb bir ming yil davomida Oʻrta Osiyo daryolari oraligʻida yangi tipdagi shahar madaniyati shakllandi va rivojlandi. Uning asosiy belgilari savdo va hunarmandchilikning jadal oʻsishi, mintaqaning umumiy musulmon madaniyati dunyosiga qoʻshilishi, shahar madaniyatining koʻchmanchi xalqlar madaniyati bilan oʻzaro samarali taʼsiri edi. Shaharlar yangi badiiy gʻoyalarning asosiy generatoriga aylanib bormoqda, shahar madaniyati bu davrning tayanchidir (Xakimov A. A. 2011. B. 7). Oʻz navbatida, diniy va savdo-iqtisodiy omillar shahar madaniyatining rivojlanishida katta rol oʻynay boshlaydi. Bu davrda Samarqand, Buxoro, Fargʻona hamda Xorazm shaharlari Gʻarb va Sharq oʻrtasidagi madaniy va savdo ayirboshlash jarayonida muhim oʻrin tutadi. Shunisi eʼtiborga loyiqki, Oʻrta Osiyoning “koʻchmanchilarning intensiv oʻtroqlashuvi sodir boʻlgan shimoli-sharqiy mintaqalarida shahar madaniyati faollashdi...” (Beleniskiy A. M., Bentovich I. B., O. G. Bolshakov, 1973. B. 351). Movarounnahr shaharlari yangi dinning asosiy tayanchiga aylanadi, G. Gryunebaumning fikricha, “islom aslan ilk davrlaridanoq ham gʻoyaviy, ham asosiy markazlarida urbanistik hodisa edi” (fon Gryunebaum G. Ye. 1988).

Islom dini Oʻrta Osiyo ikki daryo oraligʻi shaharlarining ijtimoiy-iqtisodiy infra tuzilmasi, shaharsozlik tamoyillari va umum-meʼmoriy qiyofasini tubdan oʻzgartirdi. Bu savdo va hunarmandchilik shaharlarning paydo boʻlishi va ularning yangi plastik manzarasi, shaharsozlik va meʼmorchilik ustuvorliklarining yoppasiga oʻzga-rish davri deya eʼtirof etiladi. Islomgacha boʻlgan shaharning oddiy ichki funksional tuzilishi (zamindorlarning koʻshk va qalʼa arxi-tekturasi) sezilarli darajada murakkablashgan. Termiz, Samarqand, Buxoro shaharlari maʼmuriy, saroy, diniy, savdo, hunarmandchilik, istehkom, muhandislik va boshqa inshootlarni oʻz ichiga olgan yirik koʻpmaqsadli tuzilmaga aylanadi.

XI asrdan boshlab, Somoniylar sulolasi hokimiyati qulagandan soʻng, siyosiy maydonga— Gʻaznaviylar, Qoraxoniylar, Saljuqiylar va soʻngra temuriylar turkiy sulolalar chiqadi. Amaliy sanʼatda bu jarayon ham oʻziga xos aksini topadi. Shunday qilib, XI–XII asrlarda Afrosiyobning sirlangan sopol buyumlarining bezagida gilamnusxa rang-barang naqsh uslubi tarqalishinitadqiqotchilar Movarounnahr-ning turkiylashuv jarayoni bilan bogʻlashadi (Toshxoʻjayev Sh. S. 1967. B. 140. Rasm 35–39).

XI–XIII asr boshlari umumiy xalifalik sanʼati yagona uslubining yakuniy shakllanish davri boʻldi. “...XI–XIII asrlarda Markaziy Osiyo Sharq va Gʻarbning eng ilgʻor sivilizatsiyalaridan biridir. Sanʼat-ning yangi uslubi butunlay shakllanmoqda. Tez orada butun Oʻrta va Yaqin Sharqni qamrab oladi” (Rempel L. I. 1978. B. 28). Madaniyat va sanʼatda xalifalikning butun hududida umumiy islom uslubining shakllanish jarayoni bilan bir qatorda, mahalliy sanʼat maktabla-rining modellari ham mavjud boʻlgan.

XX asr boshlarigacha mintaqamiz amaliy sanʼati va meʼmorchili-gida islom omili hal qiluvchi ahamiyatni kasb etadi. Shunday qilib, xronologik jihatdan “islom sanʼati” tushunchasini toʻliq maʼnoda Oʻzbekiston xalqlarining madaniy merosiga nisbatanIX–XX asr boshlari tarixiy vaqt chegaralaridagi davrni belgilash mumkin.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399