O'z Ўз En Ru Ar
×

Mag‘oki Attor masjidi. XII asrning ikkinchi yarmi. Buxoro

Mag‘oki Attor shahar markazida Labi hovuz majmuasinig g‘arbida joylashgan. Ilk o‘rta asrlarda bu joyda Moh (Oy) bozori va uning yonida ibodat markazi va Oy ibodatxonasi joylashgan edi. Navro‘zning bahor bayrami paytida bu yerda haykalchalar va xudolarining tasvirlari sotilgan. Arablar Buxoroni egallab, Oy ibodatxonasi o‘rnida birinchi masjidlardan biriga asos solishdi. Uning ichidagi qazishmalarda X asrga oid o‘yma bezak va poydevorning qoldiqlari topilgan. 1930-yilda tuproq qatlami ostida XII asr masjidining janubiy peshtoqi, g‘isht naqshlar va o‘ymakor mayolikaning noyob bezaklari ochildi. So‘nggi o‘rta asrlarda kirish joyi Labi hovuz tomoniga qaragan. Mag‘oki Attor mahalla masjidi vazifasini bajargan (Xmelniskiy S. 1992. B. 80).

O‘ZBEKISTON SAN’ATI TARIXI Akbar Hakimov

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399