O'z Ўз En Ru Ar
×

Dalvarzin oltini: anʼanalar simbiozi

1972-yili Dalvarzintepada topilgan ogʻirligi 36 kg. va tarkibida turli tilla buyumlar mavjud boʻlgan xazina noyob madaniy yodgorlik hisoblanadi. Arxeologik maʼlumotlarga koʻra, xazina milodiy I asrning ikkinchi yarmiga toʻgʻri keladi. Zargarlik buyumlari qadimgi hunarmandlar mahoratining yuqori texnologik darajasini namoyish etadi. Jumladan, turli xil uslublarning murakkab birikmasida yaratilgan tilla marjoni durdona namunalar qatoriga kiradi. Panjalaridan birini qopib buklanib yotgan hayvon tasvirli tilla taqinchoq ham kamyob asar sirasidandir. Taqinchoq yasashning zargarlik texnikasi “hayvon uslubi”ning namunalar doirasiga kiradi. Yirtqichning shunga oʻxshash turi mil. avv. V–IV asrlardagi Sibir va Ziviye (Eron), Minusinsk choʻli va Chiliqta (Qozogʻiston) hamda milodiy III asrlarga oid Shamshi (Shimoliy Qirgʻiziston) yodgorliklariga tegishli zargarlik buyumlarida uchraydi. Xuddi shunday, lekin burgut tasviri tushirilgan bezakli taqinchoqlar Nyu-Yorkdagi Metropoliten sanʼat muzeyi va Londondagi Britaniya muzeyida saqlanadi. Dalvarzintepa zargarlik buyumlari Kushon-Baqtriya badiiy madaniyati haqidagi tushunchalarni kengaytiradi. Bu oʻziga xos qotishmaga oʻxshaydi, unda ellin, skif-osiyo va hind unsurlarining Baqtriya substratiga kirib borishi asosida kushon sanʼatining murakkab birligi shakllanadi.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399