O'z Ўз En Ru Ar
×

Movarounnahrda ilm-fan va madaniyat

Ayollar taqinchogʻlari.Samarqand. Afrosiyob. VII–VIII asrlar. Samarqand Davlat muzey-qoʻriqxonasi

Arablar istilosidan keyin VIII–IX asrlarda Oʻrta Osiyo hududida islom dini yoyila boshladi. Hozirgi Oʻzbekiston hududiga islom dini kirib kelishi va bu oʻlka oʻsha paytda “Movarounnahr” deb yuritilgani tarixiy manbalarda qayd qilingan. IX–XII asrlarda Movarounnahrda ilm-fan va madaniyat islom dini bilan bogʻliq ravishda yuksak taraqqiy etgan. Movarounnahrda fan, madaniyat, sanʼat bilan birga, amaliy sanʼat ham rivoj topib, koʻplab hunarmandchilik, toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqarilgan. Ajdodlarimiz jahon ilm-fani, madaniyati rivojiga ulkan hissa qoʻshgan. Tabiiy boʻyoqlar bilan boʻyalgan turli xil boʻz va paxta matolar, gilamlar, mis, sopol idishlar katta savdo karvonlari orqali butun Sharq bozorlariga yetkazilgan. Mahalliy hunarmandchilik rivojlani-shi bilan birga, oʻzga yurt bilan savdo-sotiq aloqalari ham rivoj topgani, chetdan keltirilgan shoyi ipak va boshqa turli gazlamalar keltirilgani dalil boʻla oladi. Movarounnahrga islom dini kirib kelib, islomiy taʼlimotlar tarqala boshlagach, islomiy bilimlarni aholi orasida tashviq etish ishlari keng yoʻlga qoʻyilgan. Shu paytdan eʼtiboran oʻlkada islom shariati qonunlariga asoslanib, insonning tashqi koʻrinishi, estetik va axloqiy jihatlariga eʼtibor qaratila boshlangan. Bu esa Movarounnahr hududida islomiy madaniyat yanada yuksalishiga sabab boʻlgan.Ushbu davrlar kiyinish madaniyati borasida maʼ-lumotlar deyarli saqlanib qolmagan, biroq liboslar haqida umumiy tushunchalarga ega boʻlish mumkin. Islom mukammal din ekanligi bois unda madaniyat va odob-axloqning yuksak tartib-mezonlari belgilab qoʻyilgan. Islom dinida kiyinish madaniyatining oʻziga xos qoidalari mavjud boʻlgan. Islom shariatida libos inson tanasini koʻz-koʻz qiladigan darajada tor, terisini koʻrsatadigan shaffof boʻlmasligi qatʼiy qilib koʻrsatilgan. Shuning uchun Movarounnahr hududiga islom dini kirib kelganidan keyin liboslar shariatdagi ushbu koʻrsatmalarga amal qilingan holda kiyilgan.Tarixiy manbalarda erkak va ayollar libosi keng bi-chimli, koʻp qavatdan iborat boʻlganligi qayd qilingan. Shuningdek, bosh kiyimi libosning ajralmas qismi hisoblanib, islom dinidagi namoz ibodatini, albat-ta, bosh kiyimini kiygan holda ado etish zarurligi taʼkidlangan. Kundalik turmushda erkaklar boshiga salla va ayollar roʻmolni oʻrashi shakli va usuli uzoq asrlar davomida muayyan darajada oʻzgargan boʻlsa-da, biroq asosi saqlanib qolgan. Movarounnahr hududida paxta koʻp yetishtirilgan va bu yerdagi aholi liboslarining asosiy qismi paxta matosidan tikilgan. Shuningdek, Movarounnahrliklar shoyi, ipak, jun, zigʻir tolalaridan toʻqilgan matodan tikilgan kiyimlar kiyishgan. Islom dinida oq rangdagi liboslar kiyish maʼ-qul koʻrilgani bois aholi orasida oq, och rangdagi liboslar kiyish tobora ortgan. Islom dini – poklik dini ekanligi uchun kiyimlarni pok tutishga, tozalik va gigiyenaga jiddiy eʼtibor berilgan. Shuning uchun Movarounnahr aholisi oʻzining imkoniyati va maqomiga mos ravishda yaxshi va did bilan kiyingan, ust-bosh koʻrinishiga alohida diqqat qaratilgan. Erkaklar kiyimlari, asosan, oq, kulrang va jigar-rang matolardan tikilgan. Ularning ichki va ustki kiyimlari etagi tomonga kengaygan bichimli, yenglari uzun va kaftga tomon toraygan. Kiyimlar, albatta, ichki kiyim ustidan birin-ketin kiyilib, koʻp qavat-likni tashkil qilgan va erkaklar koʻpincha yelkasiga matodan tikilgan yopinchiq ham tashlab yurgan. Bosh kiyim libosning qismi sanalgan va turli bichimdagi kuloh, qalpoqlar kiyilib, ustidan murakkab tarzda salla oʻralgan. Bosh kiyimlarning bichilish va tikilish texnologiyasi, matosining sifati asrlar davomida mukammallashib kelgan. Poyabzallar bir necha koʻrinishda boʻlib, ular kundalik hayotda kiyish va tahorat olish chogʻida qulaylik yaratishiga moʻljallab tikilgan etik, kavushlardan iborat boʻlgan. Erkaklar koʻpincha yumshoq charmdan tikilgan etik kiyib yurishgan. Ayollar libosi oq, zangori, binafsha ranglardagi matolardan tikilgan va ular keng va toʻgʻri bichimli, yenglari uzun boʻlgan. Naqshli matodan tikilgan liboslar kam kiyilgan. Bunday koʻylaklar bichimi ham uzun boʻlgan. Ayollar boshiga roʻmol oʻrab, yuzini nomahramlardan berkitib yurishgan. Ular dastlab, ustki kiyimning bir yelka qismi bilan yuzlarini berkitishgan boʻlsa, keyinchalik ust kiyimni boshiga tashlab yurish urfga kirgan. Ayollar bayram va ayyomlarda imkon qadar yangi libos kiyib, taqinchoq, zeb-ziynatlari bilan bezanishgan.

 

Qoʻziyeva Malika Xonliklar davri oʻzbek milliy libosi tarixi

 

 

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399