O'z Ўз En Ru Ar
×

Islom meʼmorchiligi

Islom meʼmorchiligi inshootlari qatoriga savdo yoʻllari va yirik shaharlarda joylashgan karvonsaroylar kiradi. Bunday inshootning noodatiy misoli Karmana shahri yaqinida Samarqand va Buxoro oʻrtasidagi savdo yoʻlida joylashgan Raboti Malik karvonsaroyi (shoh qalʼasi) dir. Uning xarobalari bizning davrimizga oʻrtasidayarim doira ustunlar qatori tepasi kichrayuvchi ravoqlar bilan bogʻlangan devorlar bilan tutashgan peshtoqva yon burjdan iborat fasad qismi saqlanib kelgan. XI asr boshida turkiy hukmdorlar saroyi sifatida qurilgan, keyingi asrlarda karvonsaroyga aylantirilgan va oʻzining jozibador meʼmoriy shakllari bilan barcha karvonsaroylardan farq qiladi. Markaziy gumbazli toʻrt ustunli masjidlar turiga Buxoro viloyatining Hazora qishlogʻi yaqinidagi qadimiy manzilgoh xarobalari orasida yakka oʻzi joylashgan, XI asr boshlariga oid Dehgaron masjidi binosi kiradi. Yodgorlik kub hajmli boʻlib, toʻrttapishiq gʻishtdan ishlangan gʻoʻla-ustun ustidagi markaziy gumbazli. Dehgaron masjidining markaziy ustunlari va devorlari orasidagi yon kvadrat va toʻrtburchaklar burchak gumbazlari va boʻylama ravoqlar bilan qoplangan. Masjid devorlari xom gʻishtdan qurilgan boʻlib, tepaga qarab biroz qiyshaygan. Ushbu ilk masjidlarning meʼmorchiligi arablar tomonidan kiritilgan ochiq makonli kompozitsiya evolyutsiyasining mahalliy meʼmorchilik uchun koʻproq tanish boʻlgan — markaziy gumbazli tomon oʻtish bosqichini aks ettiradi.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399