O'z Ўз En Ru Ar
×

BUXORO AMIRLIGINING KIYINISH MADANIYATI TARIXI

Buxoro kiyinish madaniyati bu jamiyatning turli davrlarda kechgan taraqqiyot oynasidir. Har bir xalqda boʻlganidek, buxoroliklar ham kiyinish madaniyatida oʻziga xos boʻlgan anʼanalar, urf-odatlar, maʼlum qoidalar shakllangan. Buxoro miniatyura maktabi durdonalarida, Varaxsha saroyi devoriy suratlarda tasvirlangan kiyim va liboslar bundan dalolat beradi. Buxoro kiyinish madaniyatini oʻrganish jarayonida, erkak, ayol va bolalarning egnidagi kiyimlari  orqali buxoroliklarning estetik didlari, oʻziga xos tomonlari, urf-odatlari namoyon boʻladi. Oʻrta asrlar Buxoro musavvirlari tomonidan ishlangan miniatyuralarda tasvirlangan ijtimoiy sahnalar orqali turli yosh, tabaqaga mansub erkak va ayollarning ust-boshlari, bosh kiyimlarining koʻrinishlari, poyabzallari va zargarlik buyumlari, kiyimlardagi aksessuarlar va ularning detallarigacha boʻlgan muhim maʼlumotlarga ega boʻlish mumkin. Buxoro kiyinish madaniyatida erkak va ayol kiyim-lari orasidagi farq asosan matolari va bezaklari bilan ajralib turgan. Ayniqsa, erkak va ayollarning kiyinish madaniyati, ularning bosh kiyimlarida yaqqol namoyon boʻlgan. Buxorolik erkak va ayollar kiyimida oʻxshashliklari koʻp. Ular orasidagi farq avvaliga faqat bichimidagina koʻrinadi. Koʻylaklar u paytda asosan “tunika” shaklida boʻlib, issiq iqlim uchun juda qulay boʻlgan, ishtonlar va lozimlarning uzun va keng boʻlishi tabiiyki yerda toʻshalgan yakandozlarda chordana qurib oʻtirish uchun qulay boʻlgan. Ustki kiyimlar esa astarsiz va qavilganligiga qarab odamlarni qor-yomgʻirdan, qishning izgʻirin sovuqlari va quyoshni kuydiruvchi nurlaridan himoya qilgan. Kiyimlar tabiiyki ustki va ichkiyim, kundalik va bayram liboslariga boʻlingan.

Qoʻziyeva Malika Xonliklar davri oʻzbek milliy libosi tarixi

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399