O'z Ўз En Ru Ar
×

Sayid Alovuddin maqbarasi – Xorazm hunarmandchiligi ko‘rgazmasi

Xorazm tarixiy – inqilobiy muzey 1920 y 27 aprel kuni Xorazm Xalq Respublikasi qaroriga asosan Xiva xonlari saroyi Ko‘hna Arkda tashkil topgan.

1967 yil 3 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar kengashi tomonidan Xiva tarixiy–me’moriy muzey qo‘riqxonasi, 1969 y 29 iyunda O‘zbekiston Ministrlar kengashi qaroriga asosan esa Xiva «Ichan-Qal’a» davlat tarixiy – me’moriy muzey qo‘riqxonasi tashkil topdi.

Muzey – qo‘riqxona ko‘rgazmalarida Xorazm tarixining qadimgi davrlaridan to hozirgi kungacha bosib o‘tgan yo‘li, va, shuning bilan birga, uning amaliy san’ati, hunarmandchiligi, madaniyati va adabiy hayoti yoritiladi. Umumiy maydoni 26 gektarni tashkil qiladi.

Xiva – ochiq osmon ostidagi muzey. Shaharning eski qismi uzunligi 2250 metrlik 6-7 metr balandlikdagi qal’a devorlari bilan o‘ralgan,  4 ta darvozasi bor. Qal’a ichkarisida 53 ta tarixiy-me’moriy ob’ektlar bor.

Xiva shahri O‘rta Osiyo shaharlari ichida birinchilardan bo‘lib YuNESKOning butunjahon madaniy yodgorliklari ro‘yxatiga 1990 yil 12 dekabrda 100-chi shahar bo‘lib ro‘yxatga olingan. Muzey tarkibida 15 ta doimiy ko‘rgazma mavjud. Muzey fondi 38561 ta noyob eksponatga ega. Muzeyda 187 xodim ishlaydi.

 

Manba:khivamuseum.uz

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399