O'z Ўз En Ru Ar
×

Temuriylar davrida madaniyat va sanʼat

Temuriylar saltanati buyuk Sohibqiron Amir Temur tomonidan asos solingan boʻlib, fan, madaniyat, tashqi va ichki iqtisodiyot, hunarmandchilik sohalariga katta ahamiyat qaratililgan va yanada rivojlantirilgan. Din peshvolari, olimlar, meʼmorlar, shoirlar, sanʼatkor ahliga alohida gʻamxoʻrlik koʻrsatib turilgan va saltanatda barqarorlikni taʼminlash oliy maqsad bilan olib borilgan siyosatning natijasida Sharq Uygʻonish davriga zamin yaratildi. Amir Temur davlatida hunarmandchilik yuksak darajada rivoj topib, eng muhim, hunarmandchilik yoʻnalishlardan biri toʻqimachilik boʻlgan. Saltanatning shahar, qishloq aholisi va umuman boshqa mamlakatlar aholisi uchun zarur toʻqimachilik mahsulotlariga talab yuqori boʻlgan. Mahaliy hunarmandlar tomonidan paxta, ipak, kanop va jun tolasidan turli sifatli, nafis, dagʻal, rangli, naqshinkor gazlamalar koʻplab toʻqib chiqarilgan. Davr talabiga asoslanib oq, yashil, zangori, malla, binafsha, rang ip galavalaridan karbos (boʻz), naqshinkor paxta matolar, zar iplar qoʻshib toʻqilgan, mayin futa, rangdor yarim ipak olachalar, kanop tolasidan toʻqilgan dagʻal va pishiq matolar toʻqilgan. Boy hunarmandchilik anʼanalariga ega boʻlgan Temuriylar saltanati mato toʻqimachilik sanʼati yuksak  darajada boʻlganligi Samarqandda usta hunarmandlar tomonidan toʻqilgan va texnologik jihatdan murakkab hisoblangan noyob duxoba baxmallari mashhur boʻlib, boshqa mamlakatlardan ham katta talabga ega boʻlgan.Temuriylar saltanati kiyinish madaniyati har bir element, matoning plastikasi, rang yechimi aks ettirilgan Kamoliddin Behzod miniatyura asarlari syujet va qahramonlariga nazar solib, tasvirlangan saroydagi hayotda sanʼatkorlar, hizmatkorlar, usta hunarmandlarning ham kiyim-boshlarining har bir elementiga batafsil ahamiyat qaratilib ishlangan. Miniatyura asarlarda aks ettirilgan saroy hayoti sahnalari ishtirokchilarning libosiga eʼtibor qaratilsa, bichimi, dekorativ yechimi bilan farqlanib, ushbu davrda ijtimoiy sinflar mavjud boʻlganligi liboslarda namoyon boʻlgan. Albatta, saroy xonimlari liboslari bashang, bezaklarga boy, uzun bichimli, hizmatkorlarniki aksincha, kiyim-boshi kamtarona, ortiqcha zeb-ziynatsiz. Saltanat usta kosiblari tomonidan toʻqilgan matolar turli ijtimoiy qatlalamlarning ehtiyojini inobatga olgan holda haridgir tarzda toʻqib yetkazilgan. Ushbu davrda eng arzon hisoblangan “karbos” matosi asosan mehnatkash va chorvador aholisi ichki va ustki kiyimlarida, shuningdek ustki kiyimlarning astarlarini tikishda keng ishlatilgan. Kanop tolasidan “katon”, zigʻir poyadan toʻqilgan “targʻu” matolari boshqa matolarga nisbatan pishiqligi bilan ajralib turib, mashhur boʻlgan. Ulardan “jamoikatoniy” deb atalgan bashang choponlar, qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan zarbof toʻnlar tikilgan. Mahalliy usta kosiblar tomonidan toʻqilgan mayin ipak matolar erkaklar sallalari, futa belbogʻlar va aslzoda yoshlar kiyimlari tikilgan. Mahalliy ipakdan toʻqilgan shoyi matosi bilan birga, chet mamlakatlaridan keltirilgan qimmatbaho, serjilo matolar ayollar liboslarini tikishda foydalanilgan. Yozma manbalarga asosan kimxob, yarim ipak banoras va baxmallar bilan bir qatorda, serjilo tovlanuvchi “xoro”, nafis va naqshli “debo” kabi shoyi matolar nomlari keltirib oʻtilgan. Qirmizi va zangori rangli duxoba ipak matolardan zarbof, bashang liboslar tikilgan. Saroy ahli va boy-badavlat, mulkdor tabaqa vakillari zardoʻzi kashtalar bilan tikib bezatilgan ustki kiyimlar kiyganlar. Tarixiy sharh shuni koʻrsatadiki, oʻzbek xalqining kiyinish madaniyati koʻp asrlik anʼanalarga ega. Biroq, XVI-XVII asrlarga qadar xalqimizning anʼanaviy kiyimlari aniq mahalliy xususiyatlarga ega emas edi. Oʻzbekistonning turli viloyat, shahar va qishloqlardagi xalqlar anʼanaviy kiyimlarining oʻziga xosligi  oʻzbek xonliklari davrida yorqin namoyon boʻla boshlaydi. Oʻzbek anʼanaviy kiyimlarining oʻziga xos xususi-yatlarini kitob-albomimizning asosiy boʻlimlarida koʻrsatishga harakat qildik.

 

Qoʻziyeva Malika Xonliklar davri oʻzbek milliy libosi tarixi

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399