O'z Ўз En Ru Ar
×

Oʻzbekiston sanʼati tarixi kitob - albom

Oʻzbekiston sanʼati tarixi 

kitob - albom

oʻzbek, rus, ingliz tillarida

(Muallif A. Xakimov)

Kitob-albom fundamental tadqiqotlar asosida yaratilgan boʻlib Oʻzbekiston sanʼatining tarixiy taraqqiyoti, oʻziga xos xususiyatlari, miloddan avvalgi IV ming yilliklardan milodiy III–IV asr, ilk oʻrta asrlar sanʼati V–VIII asrlar, islom davri sanʼati IX–XX asr boshlari va mustaqillik davrida Oʻzbekiston sanʼatiga oid  oʻzbek xalqining durdona badiiy merosiga bagʻishlangan. Akademik Akbar Xakimov tomonidan tayyorlangan “Oʻzbekiston sanʼati tarixi” fundamental asari soʻnggi 60 yil ichida Oʻzbekiston sanʼati tarixiga oid birinchi fundamental nashrdir. Nashrda xalqimiz tasviriy sanʼati, badiiy hunarmandchiligi, amaliy-bezak sanʼati, meʼmorchilik, haykaltaroshlik, miniatyura kabi sanʼat sohalarining taraqqiyoti qadim zamonlardan to hozirgi kungacha boʻlgan eng boy tarixi yangi uslubiy yondoshuvlar,  koʻplab ilmiy manbalar va artefakt­lar yordamida ochib berilgan.

Kitob 9 bobdan iborat boʻlib, unda ilgari nashr etilmagan, mamlakatimiz va xorijiy muzeylarda saqlanayotgan yangi badiiy asarlar taqdim etilgan. Muallif mamlakatimiz va xorijlik olimlarning asarlari tahlili asosida Oʻzbekistondagi hududiy sanʼat maktablarining turli tarixiy bosqichlari va xususiyatlarini yangicha talqin etadi. Muqovalar uchun oʻzbek tilida “Avliyo oqsaqol yigitga saboq beradi” (XVII asr) zarhal miniatyurasi, rus tiliga Afrosiyob devoriy suratlari (VII-VIII asrlar), ingliz tiliga Budda boshi (Sanʼatshunoslik instituti fondidan) tanlangan. Asarda mingdan ortiq artefaktlarning rangli va oq-qora suratlari berilgan. Suratlar respublikamiz muzeylari bilan birga, xorijning mashhur Metropoliten, Britaniya, Ermitaj, Tretyakov galereyasi, Marjoniy fondi va boshqa muzey va markazlaridan toʻplangan.

            Muallifning asosiy xulosasi shundaki, Oʻzbekiston sanʼati oʻziga xos uslubni saqlab qolgan holda turli badiiy anʼanalarning simbiozi­ning mavjudligi oʻzbek xalqi sanʼatining eng muhim xususiyatlarini ochib bergan.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399