O'z Ўз En Ru Ar
×

O‘rta Osiyo davlatlarining gilamdo‘zlik san’ati

Xabaringiz bor, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi xodimlari uchun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan seminar-trening darslari tashkil etilgan.

Bugun navbatdagi mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston islom san'ati jahon sivilizasiyasining ajralmas qismi grant loyihasi ilmiy xodimi, san’atshunoslik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Masharib Abdullayeva “O‘rta Osiyo davlatlarining gilamdo‘zlik san’ati” mavzusida olib borishdi.

Seminarda ajdodlarimiz ilmiy-ma’naviy merosi, dunyo sivilizatsiyasiga qo‘shgan munosib hissasi, uning bugungi kundagi ahamiyati hamda olimlar tomonidan o‘rganilayotgan muhim jihatlar, olib borilayotgan dolzarb tadqiqotlar, yozma manbalarning o‘ziga xosligi haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, gilamdo‘zlik san’atining tarixi, sohada har bir xalq yaratgan san’at asarining bir biridan farqli va o‘xshash tomonlari xususida so‘z yuritildi.

 

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399