Sulton Saodat— paygʻambarimiz Muhammad alayhissalomning nevarasi va Hazrat Alining beshinchi avlodi boʻlgan Sayyid Hasan al-Amir asos solgan — Termiz sayidlari sulolasining vakillari dafn etilgan X–XVII asrlarga mansub rejaviy tuzilishi kamyob maqbaralar majmuasidir. Sulton Saodat turli davrlarga oid, biroq bir xil turdagi maqbaralardan tashkil topgan, gʻarbdan sharqqa choʻzilgan 70 metr uzunlikdagi hovli atrofida joylashgan meʼmoriy ansambldir. Majmuaning asosiy diqqatga sazovor joyi uning hovlisining gʻarbiy qismini egallagan eng qadimgi binosidir. Bu ikkita gumbazli chorsi maqbarani yon tomonlaridan ayvonli masjidning baland kirish peshtoqi va yoysimon ravoqi birlashtiruchi imoratlar.