O'z Ўз En Ru Ar
×

Arab ota maqbarasi

Bu tipdagi ilk binolar qatorida Tim qishlogʻi (Samarqand viloyati Narpay tumani)dagi Arab ota — arablarning otasi, balki arab sarkardalaridan birining nomiga atalgan —maqbaradir. Binoda 977/978 sanali kufiy yozuvi saqlanib qolgan. Arabota maqbarasi ham Somoniylar maqbarasiga oʻxshash toʻrtburchak shaklda pishiq gʻishtdan qurilgan. Arabota maqbarasining kubsimon hajmi gumbaz bilan yopilgan, burchaklariga sakkiz qirrali ustunlar oʻrnatilgan. Peshtoqning yuqori qismidagi uch ravoqli qatorak-arkada vaqt oʻtib vayron boʻlgan, lekin dastlab uning ikki yon tomoni va ustki qismini ikki gʻisht bezakli va oʻrtada yozuvli yaxlit hoshiyalar yoqalab oʻtgan. Portalning hali toʻliq oʻqilmagan yozuvida X asr sanasi bitilgan boʻlsada, Arabota maqbarasi bosh portalning mavjudligi, uning tarkibi, tashqi va ichki devorlarida oʻyma ganch bezaklari, juft-juft gʻisht terilishi va uch qanotli bagʻallar shakli ushbu obidani XI asr boshlaridagi koʻplab binolar bilan oʻxshashligini namoyon etadi. Ehtimol, oʻlchami (ichki qismi 4,4x4,4 m.), portalning shakllari va bezaklari jihatidan ancha sodda boʻlgan Karmanadagi (Navoiy viloyati) Mir Sayid Bahrom maqbarasi ham X asr oxiri XI asr boshlarida qurilgan. Bu Oʻrta Osiyoda “fasad tipidagi” maʼlum boʻlgan birinchi maqbaradir, yaʼni tarzlardan biri portal-peshtoq koʻrinishida ishlab chiqilgan. Uning kubsimon hajmi sakkiz ravoqli poygumbaz ustidagi uchli sharsimon gumbaz bilan yopilgan. U ganchsuvoq ustiga yotqizilgan gʻisht naqshlari, jimjimador burchak ustunlariga ega va shu jihatdan Arabota maqbarasi bilan bogʻlangan.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399