O'z Ўз En Ru Ar
×

BUXORO AMIRLIGI ERKAKLAR KIYINISH MADANIYATI

Buxoro ananaviy erkaklar kiyinish madaniyati asrlar davomida mavjud boʻlgan urf-odat va anʼanalarga tayangan holda shakllanib rivoj topgan. Erkaklar kiyinish madaniyati koʻp qavat kiyim kiyishni taqozo qilib, kiyimlarning asosiy qismini ichki kiyimi koʻylak “kurta” va ishton, ustki kiyim, bosh kiyim va poyabzalni tashkil qilgan.Ustki kiyimlar biri-birini ustiga kiyilgan, bichimi jihatidan etagiga kengaygan, ushbu bichim, tikilish texnologiyasi va shakldagi kiyimlarni kiyish barcha yosh toifasiga taaluqli boʻlgan. Islom davridan  boshlab Buxoro erkaklari kiyim madaniyatida salla asosiy bosh kiyimlardan biriga aylanadi. Hunarmandlarning iqtidori va chevarligi mahsuli boʻlgan doʻppi ustiga oʻraladigan salla boshqa mintaqalardan farq qilgan holda  buxorolik erkaklarda peshona va quloqlar ochiq qoldirib oʻralgan. Ichki kiyim kurta asosan mahalliy kosiblar tomonidan toʻqilgan oq rangli matodan tikilgan, keng bichimli kurtaning yenglari uzun, yoqa oʻmizi aylana shaklda tikilgan.Koʻylak yoqa oʻmiziga ishlov berish va bezatish maqsadida koʻndalang toʻq rangli matodan bichilgan magʻiz yoki zeh jiyak tikilgan. Iqlimning sovuq kunlarida kiyishga moʻljallangan ichki koʻylaklaklarga paxta solib qavib qalinlashtirilgan guppi jubba kiyilgan.

Qoʻziyeva Malika Xonliklar davri oʻzbek milliy libosi tarixi

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399