O'z Ўз En Ru Ar
×

XIVA XONLIGINING KIYINISH MADANIYATI

Xorazm – yer yuzidagi eng qadimgi davlatlardan biri boʻlgan. Xorazm haqida ilk maʼlumotlar eramizdan avvalgi VIII asr yozma manbalarida keltirilgan. Xorazm madaniyati qadim Amudaryo qirgʻoqlarida eramizdan II ming yil avval dunyoga kelgan “Avesto” kitobi sahifa-larida qayd etilgan. Buyuk madaniyatning aks-sadosi bugungi kunlargacha yetib kelganini hozirgi xorazmliklarning kiyinish uslubida ham koʻrishimiz mumkin. Voha oʻlkaning shimolida joylashganligi sababli keskin kontinental iqlimga ega. Bu iqlim tufayli Xorazm zaminida qadim zamonlardan beri paxta yetishtirib kelingan. Xorazmliklarning kiyinish madaniyatiga oid maʼlumotlarni neolit davridan boshlab oʻrganish mumkin. Xorazm kiyinish madaniyatining tarixini arxeologik qazilmalarda topilgan haykaltaroshlik, devoriy rasmlar, tangalar, yozma manbalarda qoldirilgan. Hunarmandchilik, kosibchilikning eng qadim turlaridan biri – toʻqimachilik Xorazm vohasida keng rivojlangan. Mohir kosiblarning oʻz “doʻkon” – toʻqimachilik dastgohida toʻqigan matolar sifati va rangdorligi bilan butun Turon va Eron bozorlarida mashhur edi. Qadim Xorazm shaharlaridan biri boʻlgan Tuproq-Qalʼada olib borilgan arxeologik qazishmalarda arxeologlar tomonidan zigʻir, paxta, shoyi va yung tolalaridan toʻqilgan mato namunalari, shuningdek matolarga gul bosuvchi qoliplar topilgani yuqoridagi fikrlarning isbotidir. Qadim Xorazm ko-siblari toʻqigan zigʻir matolar mahalliy xalqlarning kiyinishida katta oʻrin tutishi bilan bir qatorda karvonlar bilan boshqa yurtlarga ham tashib borilgan va kiyinish madaniyatiga ijobiy taʼsir koʻrsatgan. Xorazmliklarning kiyinish madaniyati qadimiy, oʻziga xos ildizlari va betakror anʼanalariga ega. Ularning kiyimlari mustahkam shakllangan va davrlar sinovlaridan oʻtgan urf-odatlar bilan bogʻliq. Eʼtiborli jihati, aholining turli ijtimoiy qatlamga mansub boʻlishidan qatʼiy nazar, liboslarining bichimi farqlanmagan. Faqat kiyimdagi matoning sifati va bezaklari bilangina insonning jamiyatdagi maqomi, oʻrni, oilaviy ahvoli koʻrinib turgan. Xo-razm aholisining kiyinish madaniyati va anʼanalari barqarorligi bilan doim ajralib turgan. Liboslarga koʻrk berib, boyitib turuvchi bezaklarni nozik did bilan tanlanishi, matolarning rang yechimi, erkak va ayollar bosh kiyimlarining iqlimga moslashtirilgani Oʻzbekistonning qolgan hududlaridagi aholidagi kiyinish madaniyatidan alohida ajralib turgan. Nisbatan shimoliy hududda joylashganligi tufayli, iqlimni sovuq sharoitlariga qarab, Xorazmda moʻyna, charm, yung, tivit, junga ishlov berish, yung mato toʻqish rivojlangan. Xorazm milliy liboslarida oʻziga xos, matoga paxta qoʻshib mayda qavish, qavish usuli bilan kiyimni qalinlashtirish texnologiyasi qadimdan keng qoʻllanilgan. Ayniqsa Xorazm choponlari oʻzining yuqori sifatliligi bilan ajralib turgan. Chunki ularni oʻziga xos usul, texnologiya asosida tikishgan. Xorazmning sifatli choponlariga butun Oʻrta Osiyo mamlakatlarida ehtiyoj katta boʻlgan. Shu sababli Xorazm choponlari karvonlar bilan qoʻshni mamlakatlarga ham olib borilgan.

 Qo'ziyeva Malika Xonliklar davri oʻzbek milliy libosi tarixi

 

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399