O'z Ўз En Ru Ar
×

Gumbaz madrasa (Andijon)

Gumbaz madrasa — Andijon viloyatidagi me’moriy yodgorlik (1872). Bosh tarzidagi yozuvda mahalliy boy Abdulhamidhoji buyurtmasi asosida Buvanazar o’g’li Quramboy rahbarligida qurilgani qayd etilgan.

Madrasa dastlab ikki qavatli, chortoq tarxli hujralar, masjid hamda darsxona va atrofi devor bilan o’ralgan kichik hovlidan iborat bo’lgan (peshtoq-gumbazli bino va ikki qavatli hujralar saqlangan). Bosh tarzi burchaklariga bezakdor mezana — guldastalar qurilgan. Darvozaxona va hujralar tomi gumbaz bilan qoplangan. Peshtoqining ikki yonidagi hujralar tepasidagi ayvonlar shifti hovuzaqli. Peshtoq bezakdor panjarali ravoqlar tizmasi bilann, usti esa kungirador bezak bilan yakunlanib, ikki yoniga ustungo’shalar ishlangan, ganch va girih naqsh bilan pardozlangan. Ravoqsimon, tokchalari ichida husnixat arabiy yozuvlar, guldor naqshlar hamda madrasani ta’mirlagan (1914) usta So’fixon nomi saqlangan.

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399