O'z Ўз En Ru Ar
×

Said Ahmadxo’ja madrasasi

Said Ahmadxo’ja madrasasi - Marg’ilondagi me’moriy yodgorlik (19-a. oxiri).

 Madrasa tarhi 42,3X44,0m. Hovli (31,6x28,4 m) shimoliy sharqiy va janubiy tomondan hujralar bilan, g’arbdan qo’sh sinchli, oldi ayvonli masjid bilan o’ralgan. Hovli o’rtasidan eni 1,5 m ariq o’tgan. Ariq yaqinida keksa chinor qad ko’targan. Madrasa tashqi tomondan tekis bo’lsada, lekin hovli tomondan qurilgan kungurador devorlar bilan ajratib ishlangan qator mehrobiy ravoqlar hujralarni yanada salobatliroq ko’rsatadi. Xonaqoh (14x7 m) tutash harirlar bilan yopilgan, shifti qizil va yashil chiziqlar bilan ajratilib, orasiga gullar va chirmashgan novdalar tasviri ishlangan. Toqi va to’sinlardagi gul naqshlar maydaroq, xona devori ganchdan zanjira hamda "qirma" uslubidagi araqi sarrov bilan bezatilgan. 1985 yilda ta’mirlangan.

 O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399