9 avgust kuni Milliy matbuot markazida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan 2022 yil birinchi yarim yillikda “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” bo‘yicha qabul qilingan Davlat dasturi ijrosi borasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Matbuot anjumanida OAV xodimlari, jurnalistlar va muxbirlar ishtirok etishdi.
Tadbir ishtirokchilariga Markaz direktori Sh.Minovarov tomonidan joriy yilning birinchi yarmida Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi borasida amalga oshirilgan ishlar haqida batafsil ma'lumot taqdim etildi. Shuningdek, Davlat reestriga kiritilgan dastlabki mingta manbalar ro‘yxati jamlangan to‘plam ishtirokchilar e'tiboriga havola etildi.
Matbuot anjumani yakunida OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga batafsil javoblar taqdim etildi.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi
matbuot xizmati