Jahon tarixida o‘zining yuksak madaniyati bilan mashhur bo‘lgan xalqlar orasida o‘zbeklar va ularning uzoq ajdodlari alohida o‘rin egallaydi. Libos- bu har bir xalqning umumiy madaniyatini belgilab beruvchi ko‘rsatkich bo‘lib kelgan. Chunki, har bir ustki kiyim, ichki kiyim, bosh kiyim, oyoq kiyim, poyabzallar, erkak, ayol va bolalarning kiyimi paydo bo‘lishidan oldin avvalambor bu paxta, zig‘ir, ipak, jun tolasiga ishlov berish, yigirish, qavalash, nafis pishiq matoni to‘qish kabi uzundan uzoq texnologik jarayonni qamrab oladi. Undan keyin esa bu matolarga rang, naqsh, gul bosish va o‘z davrining urf- odatlari, an'analari, talablari, qolaversa modasi va nozik didli xaridor talablariga mos kiyimlarni andazasini bichish, tikish, kashtalar bilan bezatish, ishlov berish kabi mashaqqatli mehnatni o‘z ichiga qamrab olgan. Shu sabab, o‘zbek xalqining qadim ajdodlari yuksak did bilan kiyinish madaniyatiga ega bo‘lishi bilan bir qatorda, bu madaniyatga asos bo‘lgan sanoat uchun zarur mahsulotlarni ham yetishtirgan va qayta ishlash kabi, o‘z davrining ilg‘or texnologiyalarni yaratishgan.
Мақола муаллифи Маликахон Қўзиева