O'z Ўз En Ru Ar
×

Libos inson xususiyati fe'l atvoriga qanchalik bog‘liq?

1. Libos inson xususiyati fe'l atvoriga qanchalik bog‘liq?


LIBOS - bu insonning ko‘p va turli xususiyati, madaniyati, tarbiyasi, didi va fe'l-atvorini ta'riflab beruvchi ko‘zgudir.


2. Qadimda turkiĭ xalqlarda qandaĭ kiĭinish uslublari bŭlgan? Masalan, tŭĭ-hashamlarda?


Turkiy xalqlarning eng qadimgi va ilk muhim bo‘g‘inlaridan biri -bu og‘uz beklari, ya'ni ona sut bergan ilk farzandi - o‘zbeklar bo‘lgan deyishadi. Shuning uchun ham turkiy xalqlar ichida eng katta tarixga ega bo‘lgan turkiy xalqlardan biri bo‘lgan bugungi turklar O‘zbekistonni ota yurtimiz deb atashadi. Qarang, Kamoliddin Bexzod kabi buyuk ajdodlarimiz chizib qoldirgan bebaho miniatyura asarlariga bir boqing: ularning har birida ota bobolarimizda naqadar buyuk kiyinish madaniyati, kiyimlarda did va modaning yuksakligi bo‘lganligini ko‘rasiz. Undan ham avvalgi , Afrosiob (Samarqand), Varaxsha (Buxoro), Xolchaen (Surxondare), Qizyatkan qala (Qadim Xorzm~Qoraqalpog‘iston) kabi juda qadimdan bizgacha yetib kelgan devoriy rasmlarni qarasangiz , hatto eramizdan oldingi davrlarda ham, bugungi ko‘plab xalqlar hali yer yuzida bo‘lmagan davrlarda ham bizning vatanimiz hududida yuksak va bashang kiyinish madaniyati bo‘lganligini yaqqol ko‘rishimiz mumkin. Aynan O‘zbekistonning qadim-qadimdan Buyuk Ipak yo‘lida joylashgan va G‘arb va Sharqqa kiyim bosh, libos, poyafzal va bosh kiyimlar uchun barcha iqlim va o‘lkalar uchun zarur bo‘lgan paxta, ipak, qorako‘l, tivit momiq yung, oshlangan ko‘n va teri yetishtirib yetkazib berganligi va bugungi kunlarda ham O‘zbekiston dunega kiyim bosh va libos uchun qimmatbaho tabiiy materialllarni yetishtiruchi eng yirik eksporterlaridan bo‘lib qolaetgani ham bejiz emas.


Demak, o‘zbek xalqiday juda qadimdan nozik tabiat va yuksak did bilan kiyinish madaniyatiga ega bo‘lgan xalqlar tarixda kam uchraydi.


Va buning davomi sifatida turk kinochilari tomonidan olinaetgan tarixiy fil'mlardagi kiyinish va liboslarning rangbarangligi va go‘zalligini qarang, yana bir andijonlik ajdodimiz Boburning buyuk saltanatidagi yuksak darajaga ko‘tarilgan libos va zargarlik madaniyatiga qarang!

3. Bosh kiĭimlarning ahamiyati va uning ustki kiĭimga mutanosibligi haqida tŭxtalib ŭtsangiz?


Bosh kiyim hamma davrlarda, hamma xalqlarda katta va inson uchun bosh ma'noga, hamda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Chunki bosh kiyimga qarab uning egasini statusi, ijtimoiy mavqei, millati, qaysi elat yeki urug‘ga mansubligi, qaysi tabaqadan ekanligi, yeshi, jinsi , oilaviy maqomigacha butun boshli ID kartasi rolini bajargan. Bejizga hukmronlar toj, qalandar va darveshlar qalpoq , ma'lum yeshiga qarab xorazmliklar cho‘gurmani turli rangdagisini, toshkentlik yigitlar uylangan yeki bo‘ydoqligiga, unashtirilganligini bildiruvchi kashtali do‘ppilar kiyishgan.


Shuning uchun bosh kiyim - bu avvalo uni kiyib turgan egasini maqomi va shaxsiy ma'lumotlarini ko‘rsatib turuvchi ma'lumotnomasi bo‘lgan.


Hozirgi paytda do‘ppini turli millatlarda ham uchratish mumkin. Biroq baribir do‘ppi jahonda o‘zbek xalqini identifikasion kodi sifatida tan olib bo‘lingan. Vodiyning ikki -uch “yarusli” do‘ppilari, shaxrisabzning gilamdo‘ppilari, toshkentning baxmaldo‘ppilari, boysunning gumbazsimon rangli kallapo‘shlari, buxoroning zardo‘zi do‘ppilari va hokazolarga qarab hozir ham kim qaerdan ekanligini bilishimiz mumkin.


Shu o‘rinda mashhur rus yezuvchisi Konstantin Paustovskiyning 1916 yilda o‘zi ko‘rgan va uni dahshatga solgan voqea, Vatan ozodligi uchun kurashgan minglab o‘zbeklarni Moskva ko‘chalari bo‘ylab bir necha kun davomida haydab o‘tilgani haqida yezar ekan, ularning boshidagi do‘ppisini asosiy belgi sifatida ko‘rsatadi :


“Ko‘chalar bo‘ylab soqchilar yashilrang chopondagi minglab o‘zbeklarni haydab o‘tishardi. O‘rta Osiedagi qo‘zg‘olonlar bostirilgach , o‘zbeklarni Murmansk sari, o‘zbeklarni shimoliy qutb temir yo‘lini qurib o‘lib ketish sari haydab ketishardi. Quruq qor uchqunlari ularning kumushrang naqshli qora do‘ppilarni qoplardi. Bu mahkumlarning o‘tishi bir necha kunlab davom etdi”


4. Liboslar tarixini mutaxassisi sifatida qadimgi qandaĭ libosni aĭni davrga moslashtirishni, qaĭtarishni xohlaĭsiz? Siz qaĭsi uslubni yaxshi kŭrasiz?


O‘zi aslida o‘zim libos dizayneriman.


Ko‘pincha tarixiy libos va kiyimlarni loyihalari ustida ishlaganim tufayli va Pavel Ben'kov nomidagi rassomlar maktabida uzoq yillardan buen libosdan dars berib kelaetganligim tufayli men ko‘p yillardan beri o‘zbek va jahon xalqlari liboslari tarixi bilan shug‘ullanaman, o‘rganaman, yeshlarga o‘rgataian. Tabiiyki o‘z ijodimda ham bu bilimlarim juda qo‘l keladi. Parijda, Londonda, Moskvada, Lyuksemburgda, Urumchida , Toshkentda bo‘lib o‘tgan ko‘plab xalqaro libos tanlovlari va festivallarida diplom va medallar bilan taqdirlangan liboslarim aynan tarixiy mavzuda ishlanganligi va ularning dizaynida an'anaviy o‘zbek matolaridan keng foydalanishim - buning hammasi bu sohada hali katta ijodiy imkoniyatlar borligini ko‘rsatadi.


Istiqlol davrida o‘zlikni anglash va ma'lum darajada o‘zlikka qaytish jaraeni boshlandi. Shu tufayli milliy hunarmandchilik , to‘qimachilik judayam rivojlandi. Bu albatta milliy liboslar rivojiga , ularni ommalashishiga xizmat qildi. Ammo shu bilan bir o‘rinda bebaho milliy materiallarimizdan bachkanalik bilan foydalanish, hatto aellar lozimiga ishlatiladigan ipak matolardan mutlaqo o‘rinsiz foydalanish hollari ko‘paydi. Bu muammolarni meeriga keltirib yechimi faqat bilim va yana bir bor milliy liboslar tarixidan kurslar o‘tishda deb o‘ylayman. Albatta , men yeshlarimiz XIX asr odamlari keng foydalangan liboslarni kiyishga o‘tsin deyishdan ko‘ra, bizga meros yetib kelgan, yuksak did namunasi bo‘lgan did va dizayndan yangi zamonaviy liboslar yaratilganida albatta bizga yetib kelgan boy madaniy merosdan unumli va o‘rinli foydalanish yaxshi natija berar edi. Qarang, ko‘pincha O‘zbekistonda o‘tadigan bayramlarda hatto xorijiy davlatlarning diplomatlari yeki vakillari bo‘lgan aellar ham bizning milliy kiyimlar yeki milliy matolarimizdan bichilgan kostyumlarda qatnashishadi. Bu ularning yuqori didi va bizning madaniyatimizga hurmat bajo keltirishganini ko‘rib, to‘g‘risi xursand bo‘lib ketaman.


Men hatto , Vatanimizga yuqori martabali xorijiy mehmonlar sharafiga saf tortadigan faxriy qorovullar ham Amir Temur Sohibqironning yengilmas qo‘shinlarining tarixiy harbiy formalaridan birida chiqishlarini istardim.


5. Bugun ahamiyat beraëtgan bŭlsangiz kalta paĭpoq yëki usiz ham krasofka umuman oëq kiĭim kiĭishni urf qilishdi, bu qanchalik tŭg‘ri? G‘arbga kŭr-kŭrona taqlidmi bu yëki?

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399