O'z Ўз En Ru Ar
×

Moziyga eltuvchi javohirotlar

Yurtimiz zargarlik san'ati ko‘p yillik tarixga, o‘ziga xos maktab va an'analarga ega. Zargar ustalar tomonidan yasalgan buyumlar ular yashagan davr san'ati, madaniyatini o‘zida namoyon etishi, milliy hunarmandlikning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirishi bilan ahamiyatlidir. Ustaning qalb qo‘ri, yuksak badiiy mahorati bilan ishlangan turli taqinchoqlar zeb-ziynat vazifasini o‘tashi bilan birga, inson salomatligi, ruhiyatiga ham ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Mutaxassislarning fikricha, taqinchoqlar kishilar yoshidagi farqni, uning ijtimoiy holatini, nasl-nasabini belgilashda muhim o‘rin tutgan.

Vatanimiz hududlarida olib borilgan arxeologik qazilma ishlari natijasida topilgan taqinchoqlar zargarlik san'ati tarixi uzoq o‘tmishga borib taqalishidan guvohlik beradi. Eramizdan avvalgi ming yillikda asosan odamlar rangli toshlarga ishlov berib, o‘rtasini teshib taqib yurganlar. Shuningdek, bronza, har xil suyak, ayniqsa, baliq suyaklari, chig‘anoqlar, yovvoyi hayvon tishlari va parranda suyaklaridan taqinchoq sifatida foydalanilgan. Ajdodlarimiz bu taqinchoqlarni go‘yo turli ins-jins, tabiiy xavf-xatarlardan himoya qiladi, asraydi, deb ishonganlar. Erkaklar o‘zlari ov qilgan yovvoyi hayvonlar tishi yoki oshig‘ini taqib yurishini qahramonlik belgisi sanashgan. Bunday taqinchoqlarni O‘zbekiston tarixi va o‘lkashunoslik muzeylarida ko‘plab uchratish mumkin.

CЎНГГИ МАҚОЛАЛАР
ИЖТИМОИЙ ТАРМОҚЛАР
O‘ZBEKISTON ISLOM SAN'ATI JAHON SIVILIZATSIYASINING AJRALMAS QISMI

Ўзбекистон ислом санъати жаҳон цивилизациясининг ажралмас қисми

Manzil

Адрес:Тошкент/Олмазор Қорасарой / 47
е-маил: sanat@cisc.uz
Bog'lanish

+998904083399