Buxoroi Sharifda joylashgan Bahouddin Naqshband (Balogardon) hazratlarining yodgorlik majmualari hovlisida O‘zbekiston Respublikasi yosh xattotlari va naqsh ustalarining ko‘rgazma-tanlovi ochilishi marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbir O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, Madaniyat vazirligi, Turizm va sport ishlari vazirligi va Buxoro viloyati hokimligi tomonidan tashkil qilindi. Ko‘rgazma xattotlik va naqsh ustachiligi - asriy va azaliy san'at hamda hunarmandchilik turlari an'analari yosh iqtidor egalari va ularning ustozlari tomonidan mashaqqatli mehnat evaziga saqlanayotganligini, davlat tomonidan buning uchun barcha sharoitlar yaratib berilganini yana bir marta tasdiqlaydi. .
