Bugun Islom sivilizatsiyasi markazi qurilishi maydonchasiga O‘zbekiston Respublikasi parlamenti Qonunchilik Palatasi deputatlari tashrif buyurdilar. Ular kelajakda xalqimiz uchun ilm-ma'rifat va ma'naviyat markazi bo‘lib xizmat qiladigan, ota-bobolarimizning tabarruk dini - islomni noto‘g‘ri talqin qilishga qarshi samarali chora-tadbirlarni amalga oshiradigan va ilmiy-diniy hamda ma'rifiy merosimizni asrab-avaylaydigan ushbu mahobatli loyiha bilan tanishdilar. Mehmonlarga Davlat Rahbari tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan ushbu uchinchi Renessans obyektining taqdimoti o‘tkazildi, Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyati to‘g‘risida axborot berildi.