Arxitektura hamisha jamiyat oldida turgan ma'lum diniy, e'tiqodiy g‘oyalar va utilitar vazifalar asosida shakllangan. Qadimgi va ilk o‘rta asrlarda diniy ta'limotlar — zardushtiylik, buddaviylik, mahalliy e'tiqodlar jami O‘rta Osiyo daryo oralig‘ida islom dini kabi mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davrda tezda ega bo‘la boshlagan darajadagi mafkuraviy ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Islom sivilizasiyasi Movarounnahr shaharlari manzarasini tubdan o‘zgartirgan yangi diniy me'morchilikning asosiy turlari — masjid, madrasa va maqbaralarni ham vujudga keltirdi. Shaharsozlik, savdo va hunarmandchilikning jadal rivojlanishi natijasi o‘laroq diniy me'morchilikdan tashqari karvonsaroylar, hammomlar, yopiq savdo bozorlari — tim, chorsu kabi inshootlar va boshqalaryangi diniy binolar qatorida bunyod etiladi. Pishiq g‘ishtning keng qo‘llanila boshlanishi bilanoq me'morlarning murakkab konstruktiv elementlarni, katta me'moriy hajmlarni yaratish imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytiradi va shu bilan birga binolarning tashqi va ichki qismlarini bezash uchun turli xil qurilish uslublari va badiiy bezak usullarining paydo bo‘lishiga olib keladi.Saroylar va qasr-ko‘shklaqurilishi islomgacha bo‘lgan me'morchilik tamoyillari bo‘yicha asosiy parametrlar va yashash joylarini saqlab qolgan tarzda davom etdi. Pishiq g‘isht kabi yangi qurilish materiallari bilan bir qatorda an'anaviy paxsa bloklari ham qo‘llanilandi. Lekin islom g‘oyalari asosida tug‘ilgan yangi me'morchilikning rivojlanish sur'ati o‘sishi bilan Movarounnahr shaharlarining tarkibiy tuzilmasiga tobora ko‘proq singib keta boshladi. Masjidlar islom mafkurasi targ‘ibotining birlamchi markazlar-dan bo‘lib islom e'tiqodi g‘alabasining bevosita va yaqqol timsoli-ga aylandi. Masjidlar islom dinining asosiy qoidalarini amalga oshirish maskaniga aylandi. Marosimning ibodat tomoni bilan bir qatorda masjidda minbar balandligidan boshlab mahalliy aholini yangi din bag‘riga jalb etish bo‘yicha targ‘ibot da'vatlari katta ahamiyatga ega edi. Islom falsafasini chuqurroq bilish zarurligi, ilm-fanning jadal rivojlanishi musulmon me'morchiligining yana bir turi — diniy va dunyoviy fanlar o‘qitiladigan madrasalarning shakllanishiga turtki bo‘ldi. Shunisi e'tiborga loyiqki, g‘oyasi Yaqin Sharqda paydo bo‘lgan va shundan keyingina O‘rta Osiyoda rivojlangan masjiddan farqli o‘laroq, madrasa Movarounnahr va Xuroson me'morchiligi-ning namunasidir. Keyinchalik madrasalar oliy diniy maktab sifa-tida Movarounnahr shaharlarida me'morchilik amaliyotining yetakchi janriga aylangach, islom olamining g‘arbiy mintaqalarida ham namu-na bo‘ldi. Ammo mo‘g‘ullargacha bo‘lgan davrda madrasa me'moriy janr sifatida hali o‘zining tugal me'moriy yechimini topgani yo‘q edi.