Saklarning bronza dubulgʻasi. Mil. avv VI asr. Fargʻona Samarqand dubulgʻasini Persepolning saroy peshtogʻidagi uchli bosh kiyimlar kiygan saklarning bosh kiyimlari bilan qiyoslash, qolaversa, mahbuslar tasvirlangan ahamo-niylar muhriga, forsiylarning xorijliklar bilan jang sahnasini aks ettiruvchi yana bir muhrga va nihoyat, Amudaryo xazinasidan oltin aravadagi uchli qalpoq kiygan sakni solishtirilganda bunga shubha qolmaydi ...dubulgʻa saklar sanʼatiga mansub boʻlib, bronza qopqoqlardagi sak-skiflarga taqlid qiladi (Pugachenkova G. A., Rempel L. I. 1965. S. 21.).
OʻZBEKISTON SANʼATI TARIXI Akbar Hakimov