Xonliklar davri oʻzbek milliy liboslari tarixi
kitob - albom
oʻzbek, rus, ingliz tillarida
(Muallif M.Qoʻziyeva)
Oʻzbek anʼanaviy kiyimlari, kiyinish madaniyati oʻzbek xalqining tarixi bilan uzviy bogʻliq boʻlib, noyob madaniy meros, yodgorlik hisoblanadi. Ushbu kitob-albomda xonliklar davrida oʻzbek kiyinish madaniyatining evolyutsion tarixi, kiyim bilan bogʻliq urf-odatlar, kiyimlarning ranglari, ularni bezagan nafis bezaklar, xalqning estetik didi haqidagi tushunchalar keng yoritib berilgan tarixiy maʼlumotlarga tayangan holda rangli rasmlar ishlanib, kitob-albomda taqdim etilgan.