Muso to’ra madrasasi - Xivadagi me’moriy yodgorlik. Ichan kal’a markazida joylashgan. Ollokulixon nabirasi Muso to’ra qurdirgan (1841).
Madrasa temperatura pesiyasimon tarxli (38,7x28,2 m), orqa va ikki yon tarzi oddiy bezaksiz. Bosh tarzdagi peshtoqi Xorazm me’morligiga xos sharafali, sirkori koshin bilan qoplangan, g’ishtlar mavjli shaklda terilgan. Ikki yon qanotidagi 3 ravoqli hujralar peshtoqdan pastroq qilib ishlangan. 4 burchagida guldastalar bor. Darvozasi yog’och o’ymakorligida bezatilgan, orasida yozuvlar saqlangan. 2 gumbazli, bo’g’im-bo’g’imli miyonsaroy orqali hovliga o’tiladi. Miyonsaroyning 2 yonida masjid (6,0x6,0 m) va darsxona (4,2x4,2 m) joylashgan. Hovli (21,5x14,28 m) atrofidagi hujralar oldi qator ravoqli, tomi balxi gumbazli, masjid, darsxona va miyonsaroy charxi gumbazli, ichki gumbaz osti qalqonsimon bag’allar bilan bezatilgan. Hujralar darchasiga ganchkori panjaralar o’rnatilgan.
Manba: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi, birinchi jild. Toshkent, 2000-yil.